Математика для 1 класса узбекская школа


”Tasdiqlayman”:______________
Maktab rahbari:
Shayxontohur tumanidagi 314-son umumiy o’rta ta’lim maktabning o’qituvchisiBoboyeva Dilfuzaning
1-sinf matematika fanidan
“Noma’lum kamayuvchini topish” mavzusida
yozgan bir soatlik
dars ishlanmasi
1-sinf. Matematika.
Mavzu: Noma’lum kamayuvchini topish
Maqsad: a)o’quvchilarga noma’lum kamayuvchini topishni o’rgatish.
b)o’quvchilarni og’zaki va yozma ayirish qobiliyatlarini rivojlantirish,mustaqil fikrlashga o’rgatish.
c) o’quvchilarni tabiatni asrashga o’rgatish.
Dars turi: yangi bilim beruvchiDars uslubi:aralash, noan’anaviyDars jihozi:kartochkalar, kompyuter, ekran, darslikDars jarayoni.
I.Darsni tashkil qilish.
Matematika faniga doir she’r.
Matematika asliErur ranlarning shohiO'rgandik to'rt amalni Masala ham misolni Geometrik shakllar Bilan to'liq fikrlar.Kvadrat ham, tortburchak Doira ham,uchburchak Yaxshi tanish bizlarga O'gil hamda qizlarga 
II.Uyga vazifani ko’rib chiqish. O’quvchilarni 3 guruhga bo’lish va har bir guruhga nom berish.
1-guruh “Qaldirg’ochlar” ,
2-guruh “Gunafshalar” ,
3-guruh “Bog’bonlar” .
Har bir gu ruh o’zini boshlig’ini ya’ni sardorini saylaydi. Guruh sardorlari o’z nomlarini ta’riflaydilar.
6 va 2ning ayirmasi4ga teng.
6-kamayuvchi.
2-ayriluvchi.
4-ayirma.
6-2
- ayirma3-masala
Masala tuzing:
Bor edi-6ta nokYeyildi –? taQoldi-4 ta
Yechish:
6-?=4
6-4=2
Javob: yeyildi 2ta nok.
III.Yangi mavzuning bayoni.
Darslikdagi rasmlar va ko’rgazmalar orqali o’quvchilarga mavzu tushuntiriladi.
1 – misol. Bo’sh kataklarga kerakli sonlarni qo’yib, jadvalni to’ldiring, kamayuvchini toping:
Kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayriluvchi qo’shiladi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Darslikdagi har bir misol va masala guruhlar o’rtasida musobaqa tarzida bajariladi.
Aqliy hujum metodi.
Eng birinchi bajargan guruh doskaga javobini yopishtiradi.
2-misol
9-4=5 7-3=4 8-5=3
8-6=2 9-6=3 9-5=3

3-masala
Bor edi -? ta Olindi-2 ta
Qoldi – 4 ta
Yechish:
4+2=6
Javob: bor edi-6ta
5 – misol: Hisoblang:
10 – 9 = 110 – 4 = 610 – 7 = 3 10 – 5 = 5
10 – 2 = 810 – 8 = 2 4 + 4 = 8 4 + 6 = 10
042862500
“Kollaj” metodidan foydalanib iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash.
Qaysi guruh birinchi bo’lib vazifani bajarsa, ularga qo’shimcha topshiriq beriladi.

Gulning har bir tojbargiga misol yoziladi. Qaysi guruhdagi bolalar birinchi bo’lib guldan kollaj yasasalar o’sha guruh g’olib bo’ladi.
V. Darsni yakunlash.
-Darsimizni uchta guruhga bo’lgan holda o’tkazdik. Har bir guruhning nomidan foydalangan holda tabiat haqida shior tuzing.
-Qushlarni asraylik, kelajak gullarining bog’bonlari bo’laylik!
-To’ppa to’g’ri bolalar. Qushlarning ham, gullarning ham tabiatda o’z o’rni bor. Shuning uchun biz ham qushlarni, ham gullarni asrab avaylab parvarish qilishimiz keak.
- Bugun darsda nimalarni o’rgandik?
- Noma’lum kamayuvchini topishni o’rgandik.
- Ayirishning hadlari qaysilar ekan?
- 1-kamayuvchi, 2-ayriluvchi va ayirma.
Matematika daftarining kataklariga qo’shish va ayirishga doir misollar yozish mashq qilinadi. (Qiynalgan o’quvchilarga yordamlashaman)
VI.Guruhlar ishini va o’quvchilar bilimini baholash.
VII.Uyga vazifa:4-misol, 72- bet

-4=5
-3=4
-5=3
-6=2
-6=3
-5=3



Darsning shiori:
Qushlarni asraylik, kelajak gullarining bog’bonlari bo’laylik!